CHERY AUTO

"Manchester Yunayted" yarim himoyachisi Brunu Fernandesh APLning iyun oyidagi eng yaxshi futbolchisi sifatida e’tirof etildi.

Tecno

O‘tgan oy davomida portugaliyalik futbolchi uchta o‘yinda maydonga tushib, uchta gol muallifi bo‘ldi.

25 yoshli futbolchi ushbu unvonga ketma-ket ikkinchi marotaba loyiq ko‘rildi. Oldinroq bunday natijani olti futbolchi: Muhammad Saloh, Jeymi Vardi, Xarri Keyn, Krishtianu Ronaldu, Denis Bergkamp va Robbi Faulerlar qayd etishgan.

Iyun oyining eng yaxshi futbolchisi unvoni uchun Fernandeshdan tashqari Antoni Marsyal ("Manchester Yunayted"), Konor Koudi ("Vulverxempton"), Raul Ximenes ("Vulverxempton"), Allan Sen-Maksimen ("Nyukasl") va Denni Ingz ("Sautgempton") da’vogarlik qilishgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Azizbek Odilov
10/07/2020 22:39
Бруну келиб етишмаётган унсур тўлгандек бўлди.