
APLda ishlagan mutaxassis Ukraina terma jamosini boshqarishi mumkin
Ukraina "Evro-2024" saralashini yomon natija bilan boshladi. Ukrainlar Angliya mehmoni bo‘lib, raqibga hech qanday qarshilik ko‘rsata olmadi. Ushbu mag‘lubiyatdan keyin terma jamoada o‘zgarishi bo‘lishi kutilmoqda.
Fabritsio Romano xabar berishicha, Ruslan Rotan o‘rniga Slaven Bilich Ukrainaning keyingi bosh murabbiyi bo‘lishi mumkin. U ayni dam ishsiz va taklifni qabul qilish ehtimoli yuqori.
54 yoshli xorvat mutaxassisi so‘nggi bor "Uotforda"ni boshqardi. Bundan tashqari, u faoliyati davomida "Vest Bromvich", "Beshiktosh" va "Vest Xem" kabi jamoalarni ustozi bo‘lgan.
Fikrlar