APL. Turning markaziy o‘yinida "Liverpul" ishonchli hisobda "Manchester Yunaytad"ni mag‘lub etdi

  • 1 sentabr, 2024, 22:06
  • Jahongir Inomjonov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Manchester Yunayted" va "Liverpul" jamoalari to‘qnash kelgan Angliya Premer-ligasining 3-tur uchrashuvi yakuniga etdi. "Liverpul" raqibini 3:0 hisobida mag‘lub etdi.

Tecno

"Mersisaydliklar" hujumchisi Luis Diaz 35-daqiqada Muhammad Salohning uzatmasidan so‘ng gol urdi. 42-daqiqada Diaz dubl qayd etdi. 56-daqiqada esa Saloh ham gol urdi va ikkita golli uzatma va bitta gol muallifi bo‘ldi.

"Liverpul" ushbu g‘alabadan keyin to‘qqiz ochko jamg‘arib, ikkinchi o‘ringa ko‘tarilib oldi. "Manchester Yunayted" Angliya Premer-ligasi turnir jadvalida 13-o‘rinda bormoqda. Jamoa uch uchrashuvda uch ochkoni qo‘lga kiritdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!