APL. "Nyukasl" 1:3 hisobida yutqaza turib, yakunda g‘alabani ilib ketdi!

  • 30 mart, 2024, 19:40
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

APL 30-turidan o‘rin olgan "Nyukasl" - "Vest Xem" bahsi yakuniga etdi. Unda maydon egalari super kambek evaziga 4:3 hisobida zafar quchdi. 

Tecno

Dastlab, Isak penaltidan gol urdi va "qarg‘alar"ni hisobda oldinga olib chiqdi. So‘ngra londonliklar Antonio, Kudus va Bouenning gollari evaziga 1:3 hisobida oldinga chiqib oldi. 

Biroq bahs tugashiga oz vaqt qolganda mezbonlar Isakning yana bir hamda Gordonning dubli evaziga 3 ochkoni raqibdan yulqib oldi. 

Ushbu g‘alabadan keyin "Nyukasl" turnir jadvalida 8-o‘ringa chiqib oldi, jamoa hisobida 43 ochko mavjud. "Vest Xem" esa 44 ochko bilan 7-pog‘onani band etib turibdi. 

"Nyukasl" 4:3 "Aston Villa".

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!