
APL. Lukakuning ikki goli ham "Chelsi"ga g‘alaba keltirmadi
APL 36-turidan o‘rin olgan "Chelsi" - "Vulverxempton" o‘yini yakunlandi. Unda mezbonlar 2:2 hisobida durang o‘ynadi.
Londonliklarning ikki goliga belgiyalik hujumchi Lukaku mualliflik qildi. "Bo‘rilar"ning gollariga Trinkau va Koudi nomiga qayd etildi.
Shu tariqa, "Chelsi" ochkolari sonini 67 taga etkazib oldi. "Aristokratlar" ayni payt jadvalda 3-o‘rinni egallab turibdi.
"Vulverxempton" hisobida 50 ochko mavjud bo‘lib, klub 8-pog‘onadan joy egallagan.
Fikrlar