
APL klubi 39 yil ichida ilk bor evrokuboklarda g‘alaba qozondi
Evropa Ligasining 2-turida "Vulverxempton" jamoasi "Beshiktosh" uyiga safar qilib, so‘nggi daqiqalarda urilgan yagona gol evaziga g‘alaba qozonishga erishdi.
Shu tariqa, inglizlar 39 yil deganda evrokuboklardagi ilk g‘alabasini qo‘lga kiritdi.
Angliya klubi so‘nggi bor, 1980 yili UEFA kubogining 1/32 bosqichida PSV klubini 1:0 hisobida mag‘lub etishni uddasidan chiqishgan edi.
Fikrlar