
Anzur Ismoilov keyingi o‘yinda "Paxtakor"ga yordam berolmaydi
“Paxtakor” ayni damda Osiyo chempionlar ligasi guruh bosqich 5-turidan o‘rin olgan “Al-Hilol”ga qarshi bahs olib bormoqda.
“Sherlar” himoyachisi Anzur Ismoilov bugungi bellashuvda sariq kartochka oldi. Endi u kartochkalar soni ortib ketgani sabab 5-turda “Al-Ahli”ga qarshi o‘yinda jamoasiga yordam berolmaydi.
"Al-Ahli" - "Paxtakor" o‘yini 20 sentyabr kuni bo‘lib o‘tadi.
Fikrlar