Anvar Berdiev: "Hakam hamma narsani ko‘rib turibdi"

  • 3 iyun, 2024, 22:43
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Pro liganing 11-turidan o‘rin olgan “Sho‘rtan” – “Mash’al” (2:1) uchrashuvidan keyin maydon egalari bosh murabbiyi Anvar Berdiev matbuot anjumanida fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

Tecno

- Derbiga mos o‘yin bo‘ldi. Futbolchilarimdan juda minnatdorman. Oxiriga kurashishdi. Birinchi bo‘limdan keyin yutqazib turishimizga qaramasdan ikkinchi bo‘limda o‘zlarida kuch topa oldilar va haqqoniy g‘alabaga erishdik.

- Xolto‘raev ikkala bo‘limni qoidalarni buzish bilan o‘tkazdi. Futbolchini tartib-intizomi borasida qandaydir kamchiliklari bormi?

- Hakam hamma narsani ko‘rib turibdi. Me’yorida himoyachi bilan kurashyapti. Xolto‘raev shunaqa hujumchiki, har bir to‘pga oxirigacha kurashadi. Himoyachi bilan kontaktlarda 50x50 vaziyatlar bo‘ladi. Hakamning ishiga aralashmayman. Lekin Jasurdan ko‘nglim to‘ldi, borini berib o‘ynadi. G‘alabaga munosib hissasini qo‘shdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!