Antonio Peres: "Red Bull" chempion bo‘lish uchun mening o‘g‘limga muhtoj edi"

  • 4 sentabr, 17:36
  • Ali Ahmadxo’jayev
  • 0
  • Avto/Moto
CHERY AUTO

"Kadillak"ning meksikalik haydovchisi Serxio Peresning otasi Antonio Peres Garibay uning "Red Bull"dagi poygalari haqida gapirdi.

Tecno

"Cheko "Red Bull" bilan to‘rt yil o‘tkazdi. "Red Bull" necha yil chempion bo‘lgan? Hammasi to‘rtta. Aynan Cheko Verstappenni jahon chempioniga aylantirdi. Agar final mavsumida Cheko o‘zi munosib bo‘lgan bolidni olganida, o‘zi ham chempion bo‘lardi. "Red Bull" chempion bo‘lish uchun o‘g‘limga muhtoj edi. Unga yaxshi mashina berishdi va u sakkiz karra jahon chempioni Lyuis Xemiltonni ortda qoldirdi", - deya Peresning otasi so‘zlarini keltirdi GPBlog.

E’tiborlisi, Garibay hisobda adashgan - Xemiltonning hisobida ettita jahon chempionligi bor.

Meksikalik poygachi 2021 yildan 2024 yilgacha, "qizil buqalar" safida Maks Verstappenning jamoadoshi bo‘ldi. Ushbu davr oralig‘ida, Peres 90 ta poygadan 5 tasida g‘alaba qozonib, 29 ta podium qo‘lga kiritgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!