Antonio Konte: Finalda qanday g‘alaba qozonishni yaxshi bilamiz

  • 9 iyul, 2021, 18:24
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
BEPUL PROPAN

Italiya terma jamoasining sobiq bosh murabbiyi Antonio Konte Angliyaga qarshi bo‘ladigan “Evro-2020” finali oldidan o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

“Inglizlarning zaif tomoni bor - agar hujum paytida ularning himoyasi bosim ostida qolsa, ular Ispaniya kabi bu bosimdan chiqib keta olishmaydi.

Italiya o‘yinning turli vaziyatlarini o‘qish tajribasini namoyish qilishi kerak. Albatta, shu kuni stadionda bizning muxlislar kamroq bo‘ladi, ammo maydonda raqibga qaraganda ko‘proq tajriba biz tomonda. Finalda o‘ynash nimani anglatishini va unda qanday g‘alaba qozonishni yaxshi bilamiz”, - dedi Konte.

Italiya – Angliya uchrashuvi 11 iyul kuni Toshkent vaqti bilan soat 00:00 da boshlanadi. O‘yin Londondagi “Uembli” stadionida bo‘lib o‘tadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!