Antonio Konte: "Faqat duo bilan barcha narsaga erishib bo‘lmaydi"

  • 2 noyabr, 2024, 14:44
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Napoli" klubi bosh murabbiyi Antonio Konte o‘z jamoasi faqatgina ibodat bilan chempionlikka erisha olmasligini aytdi. 

"Men e’tiqodli insonman. odamman. Mo‘jizalar sodir bo‘lishi uchun faqatgina Yaratganga duo qilish kerak bo‘ladi. Ammo faqatgina aynan duo bilangina barchasi hal bo‘lib qo‘lmaydi.

Tecno

Biz barchamiz bir jamoa, ahil oila bo‘lib neapollik insonlarga quvonch olib kelish uchun harakat qilmog‘imiz darkor. Oshpazdan tortib farroshgacha, hammamiz hamjihatlikda bo‘lsak, oldimizga qo‘ygan maqsad va vazifalarga birgalikda erisha olamiz.

Umuman olganda hozir xato qila olmaymiz. Bunga aslo haqqimiz yo‘q. Futbolda mo‘’jizalar doim sodir bo‘lgan. Biroq, shunga ham umid qilish uchun avvalo mehnat qilish kerak. AYtib o‘tganimdek, yolg‘iz ibodatning o‘zigina etarli emas"
, - dedi Antonio Konte.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!