Angliyaning yuqori ligasida eng ko‘p o‘ynagan jamoa haqida siz bilgan va bilmagan eng qiziqarli ma’lumotlar!

  • 8 yanvar, 2020, 01:33
  • 0
  • Futbol
BEPUL PROPAN

Bundan 142 yil oldin, Angliyaning "Everton" klubiga 1878 yili Liverpul hududida joylashgan Domingo cherkovida asos solingan.

1876 yilning yozida cherkovga tashrif buyuruvchilar kriket o‘ynashardi, ammo qishda bu sport bilan shug‘ullanishning iloji yo‘q edi. Shuning uchun, e’tiborlarini futbolga qaratishgan. Avvaliga, klubning nomi "Sent-Domingo" (Avliyo Domingo) deb ataldi. Keyinchalik, nafaqat cherkov yaqinidagilar, balki keng hudud bo‘ylab insonlar jamoaga qiziqa boshlashdi. 1879 yilning noyabr oyida "Queen's Head" mehmonxonasida yig‘ilish tashkil etildi va ushbu lahzalarda klub nomini "Everton" deb e’lon qilishdi.

Jamoa o‘zining dastlabki uchrashuvlarini "Stenli-Park" stadionida o‘tkazardi, ammo muxlislar tashrifi ko‘payib ketgani tufayli yangi maydonga ko‘chib o‘tishga majbur bo‘ldi. Shundan so‘ng, 1882 yili "Prayori Roud" o‘yingohi "Everton"ga mezbonlik qila boshladi. Ammo bir muncha vaqt o‘tgach, maydon egasiga muxlislarning shovqinlari xush kelmadi va klubdan stadionni tark etishni talab qildi. Jamoa prezidenti Jon Xoulding o‘zining do‘sti Jon Orreldan Enfild Rouddagi erni oz miqdordagi mablag‘ evaziga ijaraga oldi. 1884 yilning 28 sentyabr kuni "Everton" "Enfild Roud" stadionidagi debyut uchrashuvini "Erlstaun" klubiga qarshi o‘tkazib, 5:0 hisobida zafar quchgan.

Liverpulliklar 1888 yilda tashkil etilgan Angliya chempionatidagi dastlabki ishtirokchilardan biri bo‘ldi. Ilk mavsum jamoa uchun ko‘ngildagidek kechmadi va 8-o‘rin bilan kifoyalandi, ammo 1 yil o‘tgach ikkinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi va yana bir mavsumdan so‘ng, Angliya chempionligini qo‘lga kiritdi.

O‘sha vaqtlarda, Xoulding "Enfild Roud" o‘yingohining egasiga aylanib ulgurgandi va stadionni ijaraga berish narxlarini oshirib qo‘ygandi. Shundan so‘ng, majlislarning birida Xoulding klub prezidentligidan ozod etilishi va "Everton" "Gudison Park" stadioniga ko‘chib o‘tishi e’lon qilindi.

Klubsiz qolgan "Enfild"ning egalari Xoulding va Orrel yangi "Liverpul" jamoasini tashkil etishga qaror qilishdi. "Everton"ning "Enfild"dagi so‘nggi mezbonligi 1892 yilning 18 aprel kuni "Bolton"ga qarshi o‘yinda kechgan.

"Gudison Park" maydoniga o‘tganidan so‘ng, "Everton" birinchi jahon urushi oldidan 4 marotaba, 1893, 1897, 1906 va 1907 yillarda Angliya kubogi finaliga chiqishga erishgan. Ammo, ushbu finallarning bor-yo‘g‘i bittasida chempionlikni tantana qila olgan. 1906 yil 21 aprelda "Everton" "Nyukasl Yunayted"ni 1:0 hisobida engdi. Qolgan uchta finalda "Vulverxempton", "Aston Villa" va "Sheffild Uensdey" klublariga imkoniyatni boy bergan.

Birinchi jahon urushi oldidan 1914/15 yili klub tarixida ikkinchi bor mamlakat chempionligini qo‘lga kiritishga muvaffaq bo‘ldi.

Shundan so‘ng, jamoa 1927/28, 1931/32, 1938/39, 1962/63, 1969/70, 1984/85, 1986/87 yilgi mavsumlarda ham chempionlikni qo‘lga kirita oldi.

1930/31 yili ikkinchi divizion chempioniga aylangan.

1933, 1966, 1984, 1995 yillarda esa Angliya kubogini qo‘lga kiritdi.

"Everton" futbolchilariga Angliya Superkubogini 9 marotaba boshi uzra baland ko‘tarish nasib etgan va bu 1928, 1932, 1963, 1970, 1984, 1985, 1986, 1987, 1995 yillarda sodir bo‘lgan.

1985 yili jamoa o‘z tarixidagi eng yuqori natijaga erishgan. Shu yili, UEFA kubok egalari kubogi chempionligi qo‘lga kiritishi bilan birga World Soccer Magazine talqiniga ko‘ra, yilning eng yaxshi jamoasi deb topilgan.

Hozirda, "Everton" Angliyaning yuqori ligasidagi 117-mavsumini o‘tkazmoqda. Bu barcha ingliz klublari orasidagi rekord hisoblanadi. 9 marta Angliya chempionligini nishonlagan. "Ko‘klar" bu natija bo‘yicha Angliyada to‘rttinchi raqamli jamoa sanaladi. Yana bir e’tiborni tortadigan ko‘rsatkich, bu 1954 yildan buyon uzluksiz yuqori ligada ishtirok etib kelayotganidur.

XXI asrning boshlari.

"Everton" "Middlsbro"ga yutqazib, kubokni tark etdi va premer-ligani tark etish arafisda edi. Bu holatdan sabr-toqati to‘lgan klub rahbariyati Smitni ishdan bo‘shatdi va jamoaga "Preston" ustozi Devid Moyesni taklif qildi. Ushbu ishlar 2002 yilning mart oyida amalga oshirilgandi. Moyes jamoani ligada 15-o‘ringa olib chiqdi va bu "Everton"ni APLda qolishini ta’minladi.

Keyingi mavsumni ko‘pchilik uchun kutilmaganda ettinchi o‘rinda yakunladi. Jamoa tarkibida yosh iqtidor egasi Ueyn Runi kashfiyot qilingandi.

2003/04 yili Moyes shogirdlari uchun muvaffaqiyatsiz o‘tdi. Klub amallab, 17-o‘rinni egallagandi va ligada qolish baxtiga muyassar bo‘lgan.

"Everton" uchun XXI asrning dastlabki 10 yilligidagi eng yaxshi mavsum 2004/05 yili edi. Ushbu mavsum boshlanishi arafasida, ko‘p yillar davomida jamoaga etakchilik qilgan Tim Kexill olib kelingandi.

Ammo, shu bilan birga Ueyn Runi "Manchester Yunayted" klubiga 23 mln funt evaziga sotib yuborilgandi, biroq bu jamoaning 4-o‘ringa ko‘tarilishiga to‘sqinlik qilolmadi.

2005/06 yilgi mavsum klub uchun omadli kechmadi. APLda 11-o‘rinni egalladi, chempionlar ligasi va UEFA kubogining dastlabki bosqich o‘yinlaridayoq "Villyarreal" va "Dinamo Buxarest" klublariga mag‘lub bo‘ldi.

"Everton" 2006/07 yili chempionatda ettinchi o‘rinni egallab, UEFA kubogiga yo‘llanma oldi.

2007/08 yili "ko‘klar" APLda uzoq vaqt mobaynida kuchli to‘rtlikda yurishdi, ammo yakunda UEFA kubogiga yo‘llanma beruvchi beshinchi o‘ringa tushib ketishdi. UEFA kubogining guruh bosqichidagi barcha o‘yinlarda g‘alaba qozonishni uddasidan chiqdi va bo‘lajak chempion "Zenit" ham mag‘lub etilgandi. 1/16 final bosqichida "Brann" klubi dog‘da qoldirildi va 1/8 final bosqichida esa "Fiorentina"ga o‘yindan keyingi penaltilar seriyasida yutqazib qo‘ygan.

Keyingi yili klub Angliya kubogi finaliga chiqdi va u erda "Chelsi"ga yutqazdi. Chempionatda mavsumni yana turnir jadvalining beshinchi pog‘onasida yakunladi.

2009/10 yilgi mavsumni klub bir tekisda o‘tkaza olmadi. "Everton" APLning dastlabki turini "Gudison Park"da "Arsenal"ga qarshi o‘tkazib, 1:6 hisobida yutqazdi va birinchi davradan keyin, Evropa ligasiga yo‘llanma beruvchi pog‘onadan 11 ochko ortda qolib, 15-o‘rinda borayotgan edi. Ammo, ikkinchi davrani yuqori kayfiyat bilan o‘tkazgan jamoa bo‘lajak chempion "Chelsi" va vitse-chemion MYu klublarini mag‘lub etishni uddasidan chiqib, ikkinchi davrada to‘plangan ochkolar bo‘yicha 3-o‘rinni egalladi. To‘g‘ri, peshqadamlar bilan oradagi ochkolar farqi juda katta edi va "Everton" mavsumni 8-o‘rinda yakunlab, kelasi mavsumni evrokuboklarsiz o‘tkazishga majbur bo‘ldi.

Joriy mavsumda esa "mersisayd"liklar 21-turdan so‘ng, 7 ta g‘alaba, 4 ta duran va 10 ta mag‘lubiyat qayd etib, 25 ochko jamg‘arishga erishgan holda, turnir jadvalining 11-pog‘onasini egallab turipti. 2019 yilning 21 dekabrida jamoaga Karlo Anchelotti bosh murabbiy etib tayinlandi va muxlislarning umidlari keskin darajada kuchlayib ketdi. 11 yanvar kuni "Gudison Park"da "Brayton" mehmon bo‘ladi.

18 yanvar kuni Anchelotti shogirdlari "Vest Xem"ga qarshi bahslashishadi. 24-tur doirasida "Everton" 21 yanvar kuni "Nyukasl"ga qarshi saf tortsa, 1 fevral kuni "Uotford" mehmoni bo‘ladi. Shundan so‘ng, "Krilstal Pelas", "Arsenal", MYu, "Chelsi", "Liverpul", "Norvich", "Lester", "Tottenxem" va yana bir qator jamoalarga qarshi o‘yinlarni o‘tkazadi.

Jamoa nomi: "Everton"

Tashkil topgan sanasi: 1878 yil

Stadioni: "Gudison Park" Liverpul

Sig‘imi: 39 221

Klub xo‘jayini: Farxod Moshiri (77,23%), Bill Kenrayt (5%), boshqalar (17,77%)

Direktor: Denis Barret-Beksendeyl

Ish boshqaruvchi: Bill Kenrayt

Bosh murabbiy: Karlo Anchelotti

Jamoa sardori: Sheymus Koulman

UEFA reytingida: 87-o‘rin

 

Jamoa tarkibida eng ko‘p go‘l urgan futbolchilar ro‘yxati:

Diksi Din (383)

Grem Sharp (159)

Bob Letchford (138)

Aleks «Sendi» Yang (125)

Jo Royl (119)

Roy Vernon (111)

Deyv Xikson (111)

Edgar Cheduik (109)

 

Jamoa tarkibida eng ko‘p o‘yin o‘tkazgan futbolchilar:

Nevill Sautoll (751)

Brayan Labon (534)

Deyv Uotson (528)

Ted Sagar (497)

Kevin Retkliff (493)

Mik Layons (473)

Jek Teylor (456)

Piter Farrell (453)

Grem Sharp (447)

Diksi Din (433)

Leon Osman (433)

Tommi Eglington (428)

Tim Xovard (414)

 

Angliya futbol shon-sharafi zalidan joy olgan "Everton" futbolchilari:

Diksi Din (2002), Pol Gaskoyn (2002), Alan Boll (2003), Tommi Louton (2003), Gari Lineker (2003), Govard Kendall (2005), Piter Berdsli (2007), Mark Xyuz (2007), Nevill Sautoll (2008), Rey Uilson (2008), Jo Merser (2009), Garri Katterik (2010), Piter Rid (2014), Geri Spid (2017).

Futbol ligasining 100 ta afsonasi ro‘yxatiga kiritilgan "Everton" futbolchilar:

Alan Boll, Pol Gaskoyn, Diksi Din, Gari Lineker, Tommi Louton, Jo Merser, Nevill Sautoll, Aleks Yang.

 

Shuningdek, "Everton"da 2005 yildan buyon yilning eng yaxshilari aniqlanib keladi. Demak, yilning eng yaxshi futbolchisi nomiga sazovor bo‘lganlar ro‘yxati:

2005/06 Mikel Arteta (Ispaniya)

2006/07 Mikel Arteta (Ispaniya)

2007/08 Joleon Leskott

2008/09 Fil Yagelka

2009/10 Stiven Pinar (JAR)

2010/11 Leyton Beyns

2011/12 Jon Xeytinga (Gollandiya)

2012/13 Leyton Beyns

2013/14 Sheymus Koulmann (Irlandiya)

2014/15 Fil Yagelka

2015/16 Garet Barri

2016/17 Romelu Lukaku (Belgiya)

2017/18 Jordan Pikford

2018/19 Luka Din (Frantsiya).

 

Jamoaning hozirgi kundagi tarkibi:

Darvozabonlar:

1. Jordan Pikford (1994)

22. Marten Stekelenburg (1982) (Gollandiya)

49. Yonas Lyossl (1989) (Daniya)

Himoyachilar:

2. Meyson Xolgeyt (1996)

3. Leyton Beyns (1984)

5. Maykl Kin (1993)

12. Lyuka Din (1993) (Frantsiya)

13. Erri Mina (1994) (Kolumbiya)

19. Jibril Sidibe (1992) (Frantsiya)

23. Sheymus Koulman (1988) (Irlandiya)

30. Kuko Martina (1989) (Kyurasao)

Yarim himoyachilar:

8. Fabian Delf (1989)

10. Gilfi Sigurdsson (1989) (Islandiya)

11. Teo Uolkott (1989)

18. Morgan Shnederlen (1989) (Frantsiya)

20. Bernard (1992) (Braziliya)

21. Andre Gomesh (1993) (Portugaliya)

25. Jan-Filipp Gbamen (1995) (Kot-divuar)

26. Tom Devis (1998)

34. Beni Baningime (1998) (DR Kongo)

35. Dennis Adeniran (1999)

42. Entoni Gordon (2001)

Hujumchilar:

7. Risharlison (1997) (Braziliya)

9. Dominik Kalvert-Lyuin (1997)

14. Jenk Tosun (1991) (Turkiya)

17. Aleks Ivobi (1996) (Nigeriya)

27. Moyze Kin (2000) (Italiya)

29. Umar Nyass (1990) (Senegal).

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!