
Andrey Kanchelskis: "O‘zbekistonni 5:0 hisobida yutganimizda nimadir o‘zgararmidi?"
Rossiyalik mutaxassis, "Navbahor" klubi sobiq bosh murabbiyi Andrey Kanchelskis O‘zbekiston va Rossiya terma jamoalari o‘rtasidagi o‘yin haqida gapirdi:
"Hozir Karpin yosh yigitlarni sinovdan o‘tkazmoqda. Saralash bosqichida bo‘lganda boshqa gap, natija talab qilishimiz mumkin edi. Hozir kimlardir: "Ular 7:0 yoki 8:0 hisobida g‘alaba qozonishi kerak edi",-deya qichqirmoqda.
Biz O‘zbekistonni 5:0 hisobida yutganimizda nimadir o‘zgararmidi? Jahon chempionatiga chiqib qolarmidik?
Hozir yosh iste’dodlarga imkoniyat beradigan vaqt. Yirik hisobda g‘alaba qozonish mundialga chiqish-chiqmaslikni hal qilarmidi?!"
Fikrlar