
Andrey Kanchelskis Dzyubaning "Inter"ga o‘tishi mumkinligi borasidagi xabarga o‘z munosabatini bildirdi
Namanganning “Navbahor” klubi bosh murabbiyi Andrey Kanchelskis “Zenit” forvardi Artyom Dzyubaga “Inter”dan qiziqishlar paydo bo‘lgani haqidagi xabarga ishonmasligini aytdi.
“Agar haqiqiy oladigan bo‘lsak, u erda Lukaku bor. Shu bois ular yana xuddi shu tipdagi hujumchini sotib olishlari mantiqqa to‘g‘ri kelmaydi. Albatta, agar u xorijga yo‘l olsa va kuchli chempionatda o‘ynashni his qilsa, bu ajoyib bo‘lar edi. Agar vaziyatga real qaraydigan bo‘lsak, bu qandaydir yolg‘on xabar”, - deydi rossiyalik mutaxassis.
Fikrlar