
Andrea Pirlo dunyoning ayni damdagi eng zo‘r yarim himoyachisi kimligini aytdi
Italiyalik mashhur futbolchi Andrea Pirlo sayyoramizning ayni damdagi eng yaxshi yarim himoyachisi kimligini aytdi.
“Ayni damda eng yaxshi yarim himoyachi bu Frenki de Yong hisoblanadi. Unda “Barselona”da to‘p surish uchun individual mahorat, texnika va yana ko‘plab sifatlar bor. U butun maydonni boshqara oladi. Ba’zan de Yong menga o‘zimni eslatib yuboradi”, - deydi Pirlo.
Eslatib o‘tamiz, de Yong yangi mavsumdan e’tiboran “Barselona”da to‘p suradi.
Fikrlar