"Andijon"ning navbatdagi yig‘ini yana Toshkentda bo‘ladi, tarkibdagi o‘zgarishlar esa davom etadi

  • 15 fevral, 2021, 23:26
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

“Andijon” klubi kuni kecha Toshkentdagi mashg‘ulotlarini yakunlagandi. Ma’lum bo‘lishicha, “Burgutlar” 17 fevraldan yana poytaxtda navbatdagi tayyorgarlik bosqichiga kirishadi.

Tecno

Bu safargi yig‘in 10 kun davom etadi. Shu vaqt davomida “Nasaf” hamda “Bunyodkor”ga qarshi nazorat uchrashuvlari o‘tkaziladi. Shuningdek, yana boshqa raqiblarga qarshi ham nazorat bellashuvlari tashkil etilishi rejalashtirilyapti.

Bungacha bir qator xorijlik futbolchilar ko‘rikka taklif qilingandi, ammo aksariyatiga javob berib yuborilgandi. Toshkentda o‘tadigan navbatdagi yig‘inda ham yana legionerlar kelishi kutilmoqda. Faqat bu safar ular tayyor shartnoma uchun kelishlari katta ehtimol. Shu bilan birga jamoa yig‘inida qatnashib kelayotgan Qirg‘iziston terma jamoasi etakchisi Edgar Bernxardt bilan ham shartnoma imzolanishi kutilyapti.

Jamoaning oxirgi yig‘ini esa Andijonda o‘tkaziladi.  

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Bek 56
16/02/2021 07:48
Яхши Андижон рак,обатчи жамоага айлансин