"Andijon"ning chorak finalga chiqishi uchun birgina gol etarli bo‘ldi yoxud "Jar" stadionidagi o‘yin haqida

  • 5 iyul, 2024, 09:33
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Superliganing birinchi davra uchrashuvlari yakunlangach, navbat O‘zbekiston Kubogi nimchorak final bahslariga etib kelgandi. “Andijon” chempionatdan tashqari Kubok musobaqasida ham ishtirokini davom ettirayotganini bilasiz. Qur’aga ko‘ra, “Burgutlar” Toshkentda “Olimpik” jamoasiga qarshi bellashdi.

Tecno

O‘yindan avval "Andijon" futbolchisi Farhod Sohibjonov biroz betob bo‘lib qolganligi sababli uchrashuv qaydnomasiga kiritilmadi. Ular mehmonda o‘ynayotganiga qaramay, andijonlik muxlislarning Toshkentdagi “Jar” stadionida faol qo‘llab-quvvatlashi natijasida jamoa xuddi uyda o‘ynayotgandek bo‘ldilar.

Kubokda ham o‘z oldiga jiddiy maqsad qo‘ygan “Andijon” “Olimpik”ga qarshi o‘yinda o‘zi uchun ijobiy natijani qayd etish ilinjida kurashdi va yakunda o‘z maqsadiga erishdi.

Uchrashuv taqdirini birgina gol hal qildi. Birinchi bo‘limda iqtidorli hujumchi Rustam Turdimurodov Ilhom Abdug‘anievning pasidan keyin jarima maydoni ichida driblingini namoyish qilgan holda o‘zining chiroyli zarbasi bilan hisobni ochdi. Goldan keyin ham “Andijon”da yana imkoniyatlar bo‘ldi. Aynan Turdimurodovning pasidan keyin Bektemir Abdumannonov ikkinchi golni urish uchun qulay vaziyatga ega chiqqandi. Biroq yakuniy pallada darvozaga yaqin joydan uning zarbasi biroz yuqoridan o‘tib ketdi.

“Olimpik” jamoasi ikkinchi bo‘limda ko‘proq hujum qilgan holda vaziyatni to‘g‘rilashga harakat qildi. Biroq “Andijon” a’zolari murabbiylar tomonidan berilgan ko‘rsatmalarni to‘g‘ri bajarishgani uchun g‘alabani saqlab qoldilar. Albatta, qarshi hujumlarda “Burgutlar”da ham imkoniyatlar bor edi. O‘yindan keyin matbuot anjumanida Artyom Petrosyan aytganidek, muhimi natija va “Andijon” O‘zbekiston Kubogi musobaqasida chorak final yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.

“Olimpik” – “Andijon” – 0:1 (0:1).

4 iyul. Toshkent. “Jar” stadioni. 648 tomoshabin.

Hakamlar: Olim To‘ychiboev, Andrey Tsapenko, Timur Gaynullin

Zaxira hakami: Shavkat Nasibullaev

VAR: Nayim Qosimov

AVAR: Ruslan Serazetdinov

Nazoratchi: Nabijon Ro‘zimov

Komissar: Sherzod Rajabov

“Olimpik”: Edem Nemanov, Nodirbek Abduholiqov, Asadbek Jo‘raboev, Muhsin Bozorov (Samandar Qodirov, 64), Shaxzod Toirov, Muhammadaziz Ibrohimov, Rian Islamov (Farruh Muxtorov, 64), Akbar Abdirasulov, Ahmadillo Muqimjonov, Muhammadbobur Mo‘ydinov, Otabek Jo‘raqo‘ziev.

“Andijon”: Eldor Adhamov, Abdurahmon Komilov, Islom Mamatkazin, Vladimir Bubanya, Abduvohid G‘ulomov, Levan Arveladze, Ilhom Abdug‘aniev (Suhrob Berdiev, 82), Sardor Azimov (Sunnatilla Abdullajonov, 82), Sherzod Esanov (Muhammadkarim Toirov, 67), Bektemir Abdumannonov (Shaxrom Samiev, 67), Rustam Turdimurodov (Ilhom Alijonov, 89).

Gol: Rustam Turdimurodov, 30 – 0:1.

Ogohlantirishlar: Ahmadillo Muqimjonov, 18. Akbar Abdirasulov, 89 - Levan Arveladze, 48. Sherzod Esanov, 54. Vladimir Bubanya, 58. Islom Mamatkazin, 83.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!