
"Andijon"ni yangi mavsumda kim boshqarishi ma’lum. U uyquni rad etib ishga kirishdi
"Andijon" klubi bosh murabbiyi Viktor Kumikov jamoa qarorgohiga etib keldi. Bu haqda "burgutlar" matbuot xizmati xabar tarqatdi.
"Nihoyat barcha mavhumliklar barham topib, ishlar konkretlashadi. Sababi, Viktor Kumikov hozirgina o‘z yordamchisi Oleg Kornienko bilan Andijonga etib keldi va "Med.Sitida"gi o‘zlariga ajratilgan shinam kottejlardan biriga joylashdi. Salomlashib olinganidan so‘ng yangi futbolchilar borasida surishtirdi va yana kimlar bilan aloqaga chiqish borasida takliflarini o‘rtaga tashladi.
Kumikovga yo‘l charchog‘idan keyin uxlab olish borasidagi taklifni rad etdi va yig‘inning birinchi bosqichi o‘tadigan Xonobod shahridagi sharoitlar bilan shaxsan tanishib kelish maqsadida klub vitse-prezidenti Jahongir Nuriddinov hamrohligida chiqib ketdi. Kechga yaqin ortga qaytishadi va yakuniy qarorga kelinadi. Qolgan masalalarga ham ish jarayonida oydinlik kiritib boriladi va har bir yangilikdan sizlarni boxabar qilib boramiz", - deyiladi xabarda.
Fikrlar