
"Andijon"ni tark etgan legioner yangi jamoaga o‘tdi
O‘tgan mavsumni “Andijon” klubida o‘tkazgan bolgariyalik himoyachi Plamen Dimov shartnomasi tugagani sababli “Burgutlar” safini tark etganidan xabaringiz bor.
Nihoyat, u o‘ziga yangi jamoa topdi. 32 yoshli futbolchining ma’lum qilishicha, faoliyatini Litva chempionatida davom ettiradigan bo‘ldi.
Mahalliy “Literiya Vilnius” klubi Dimovga taklif bilan chiqdi va muzokaralar ijobiy yakun topgach, tomonlar rasmiy shartnoma imzolashdi. Klub ham Plamenni rasman tanishtirdi.
Dimov o‘tgan mavsumda “Andijon” tarkibida Superliga doirasida 23 ta uchrashuvda maydonga tushdi va 9 bor sariq kartochka bilan siylandi. O‘zbekiston Kubogida esa 2 ta o‘yinda jamoa sharafini himoya qilgan.
Fikrlar