"Andijon"ga yangi darvozabon keldi. Ertaga "Metallurg"ga qarshi o‘yin bor

  • 3 fevral, 2021, 23:34
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Toshkentda navbatdagi tayyorgarlik bosqichiga kirishgan “Andijon” klubi tarkibini kuchaytirish ishlarini olib boryapti. Murabbiylarni qiynayotgan pozitsiyalardan biri darvozabon masalasi bilan bog‘liq edi.

Tecno

Klub matbuot xizmatining xabariga qaraganda, “Andijon” jamoasi tarkibiga AGMK darvozaboni Nizomiddin Ziyovutdinov kelib qo‘shildi.

O‘zbekiston olimpiya terma jamoasida to‘p surgan Nizomiddin Ziyovutdinov bugun jamoa ixtiyoriga etib kelgan. Ma’lum bo‘lishicha, darvozabon ertadan mashg‘ulotlarni boshlaydi.

Shuningdek, Otabek G‘ulomxo‘jaev jamoasi ertaga Bekobodning “Metallurg” jamoasiga qarshi nazorat uchrashuvida ishtirok etadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!