
"Andijon"da ilk bor...
Xabaringiz bor, kecha “Superliga-2023”ning eng yaxshi futbolchisi sifatida "Andijon" jamoasining legioneri Rubin Xebay e’tirof etildi. Bu barcha andijonliklarni quvontirgani rost. Ushbu transfer “Andijon”ga har tomonlama foyda keltirgani fakt.
Yana bir jihatga e’tiboringizni qaratmoqchimiz, yilning eng yaxshisini aniqlash va uni e’lon qilishda ikkita yo‘nalish mavjud. O‘zbekistonning va Superliganing eng yaxshisi! 2023 yilda Xebay Superliganing eng yaxshi futbolchisi, Abbos Fayzullaev esa O‘zbekistonning eng yaxshi futbolchisi sifatida e’tirof etildi. Chempionatning eng yaxshilarini aniqlash jarayoni 2018 yildan boshlab ta’sis etilgan.
Shunday ekan, “Andijon” futbol klubi a’zosi milliy chempionatlarimiz tarixida ilk bor eng yaxshi futbolchi sifatida e’tirof etildi. Bu borada "Burgutlar" va Xebay o‘ziga xos e’tirofga sazovor bo‘ldilar.
Qolaversa, “Andijon” bosh murabbiyi Aleksandr Xomyakov bilan Rubin Xebay “Superliga-2023”ning ramziy terma jamoasidan joy olganini ham eslatib qo‘ymoqchimiz. Shuningdek, “Andijon” 2022 yili pro liga g‘olibligini qo‘lga kiritgach, klubning o‘sha paytdagi bosh murabbiyi Viktor Kumikov pro liganing eng yaxshi murabbiyi sifatida e’lon qilingan.
Chempionatimizning eng yaxshi futbolchilari:
2018 — Tyago Bezerra (Paxtakor)
2019 — Dragan Cheran (Paxtakor)
2020 — Jaloliddin Masharipov (Paxtakor)
2021 — Xusayn Norchaev (Nasaf)
2022 — Jamshid Iskanderov (Navbahor)
2023 — Rubin Xebay (Andijon)
“Andijon” matbuot xizmati.
Fikrlar