
"Andijon" yomg‘ir ostidagi o‘yinda "Olimpik" maydonida qanday qilib 3 ochkoni qo‘lga kiritdi? (Fotogalereya)
Superliganing 4-tur doirasidagi oxirgi uchrashuv Toshkentdagi Jar stadionida "Olimpik" hamda "Andijon" klublari o‘rtasida bo‘lib o‘tdi.
Yomg‘irli ob-havoda o‘tgan uchrashuv taqdirini birgina gol hal qildi. O‘yinning dastlabki daqiqalaridayoq "Andijon" sardori Ildar Mamatkazinning boshi bilan kiritgan goli uchrashuv oxirigacha o‘zgarmasdan qoldi.
Shunday qilib, "Andijon" jamoasi "Olimpik" maydonida juda qimmatli uch ochkoni qo‘lga kiritdi. Ushbu o‘yindan olingan fotolavhalarni tomosha qiling.
























































Fikrlar