"Andijon" "Surxon"ga qarshi o‘yin uchun tayyorgarlikni Yangierda olib boryapti

  • 10 avgust, 2021, 23:11
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Musobaqa jadvalida oxirgi o‘rinda borayotgan “Andijon” klubi 13 avgust kuni 15-tur doirasida “Surxon” jamoasiga qarshi maydonga tushadi.

Tecno

Xabaringiz bo‘lsa, ushbu o‘yin Termizda emas, balki Samarqanddagi “Dinamo” stadionida o‘tkaziladi. Bunga sabab “Surxon” stadionining projektorlari hali talab darajasida emas. Shu bois “Andijon” kabi termizliklar ham uy o‘yinlarini boshqa stadionlarda o‘tkazishiga to‘g‘ri kelmoqda.

andijon4

Viktor Kumikov boshchiligidagi “Burgutlar” bo‘lajak bahsga o‘z qarorgohida emas, balki Yangierda tayyorlanishni lozim topdilar.

Yodingizda bo‘lsa, “Andijon” o‘tgan mavsum o‘rtalarida ham Kumikov bosh murabbiyligi ostida o‘yinlarga aynan Yangierda shug‘ullanganini eslatib o‘tish darkor.

“Andijon” hozircha 9 ochko bilan 14-o‘rinda, “Surxon” esa 11 ochko jamg‘arib 12-pog‘onadan joy olgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!