
"Andijon" "So‘g‘diyona" himoyachisiga qiziqish bildirmoqda
"Andijon" ham kelasi mavsum uchun tarkibni kuchaytirishni rejalashtirgan. Klub "So‘g‘diyona" himoyachisi Oleg Zoteevga qiziqish bildirmoqda.
Futbolchini jizzaxliklarning o‘zi ham ushlab qolishga harakat qiladi. 35 yoshli fulbek yakuniga etgan mavsum Superligada 4 ta gol urib, 5 ta assist amalga oshirdi. Shunigdek, Zoteev mavsumning ramziy terma jamoasidan ham joy olishga muvaffaq bo‘ldi.
Eslatib o‘tamiz, Olegning jamoasi bilan tuzgan shartnomasi yakuniga etgan, lekin "bo‘rilar" yangi bitim taklif qilishi kutilmoqda.
Fikrlar