"Andijon" klubining sobiq ustozi bugun Belarus klubi bilan shartnoma imzolaydi

  • 10 may, 2021, 14:18
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Muxlislarga yaxshi tanish bo‘lgan rossiyalik mutaxassis Viktor Kumikov ma’lum tanaffusdan keyin yana murabbiylik ishiga qaytmoqda.

Tecno

Bilsangiz kerak, u o‘tgan yili “Andijon” jamoasida bosh murabbiy sifatida faoliyat olib borgandi. Keyinchalik klubni tark etgach, Rossiyaga qaytib ketdi. Shundan beri Viktor Balyutovich uyda hordiq chiqardi.

kumikov_6

Yaqinda u Belarusga jo‘nab ketdi. Ma’lum bo‘lishicha, oliy liga ishtirokchisi hisoblangan “Sputnik” klubiga bosh murabbiy etib tayinlanadi. Bu haqida Kumikov sports.uz muxbiriga xabar berdi. Aynan bugun yangi jamoasi bilan rasman shartnoma imzolaydi.

“Sputnik” Belarus oliy ligasida so‘nggi – 16-pog‘onada boryapti. O‘tkazilgan 8 ta o‘yinda 1 g‘alaba va 7 ta mag‘lubiyat qayd etgan. Tabiiyki, Viktor Balyutovichni taklif qilishdan maqsad jamoaning natijalarini yaxshilashdan iborat.

Eslatib o‘tamiz, Kumikov O‘zbekistonda “Andijon”dan tashqari, “Mash’al”, “Nasaf” va AGMK klublarini ham boshqargan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!