Anchelottining keyingi jamoasi ma’lum bo‘ldi

  • 8 aprel, 18:34
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Karlo Anchelottining “Real”dagi kelajagi hamon mavhum bo‘lib turibdi. Italiyalik mutaxassis 2026 yilning yozigacha davom etadigan shartnomasini muddatidan avval yakunlashi mumkin.

Tecno

Defensa Central nashrining yozishicha,  agggaaar madridliklar Evropa Chempionlar ligasining chorak finalida “Arsenal” to‘sig‘idan o‘tolmasa, yozda Karlo Anchelotti o‘rniga boshqa bosh murabbiy tayinladi.

Katta ehtimol bilan “Real”ning yangi ustozi “Bayer”ni katta muvaffaqiyatlarga ilhomlantirgan Xabi Alonso bo‘lishi kutilmoqda.

65 yoshli Anchelotti ham ishsiz qolmaydi. Agar u “Real”dan iste’foga chiqarilsa, Braziliya terma jamoasi boshqaruvini qo‘lga oladigan bo‘lyapti. Braziliya futbol konfederatsiyasi  terma jamoani boshqarib kelgan Dorival Juniorni iste’foga chiqargan va futbolchilarni 2026 yilgi jahon chempionatiga olib chiqadigan va mundialda natija ko‘rsata oladigan bosh murabbiy tayinlashni maqsad qilgan.

Karlo Anchelotti “Real”ni tark etishi aniq bo‘lgan taqdirda ham, italiyalik mutaxassis jamoani yozda bo‘ladigan klublar o‘rtasidagi jahon chempionatida boshqaradi va shundan keyingini kursini bo‘shatadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!