Anchelotti Tchuamenining kelajagi va boshqa futbolchilar haqida gapirdi

  • 15 yanvar, 23:24
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Real Madrid” bosh murabbiyi Karlo Anchelotti Ispaniya Kubogi doirasidagi “Celta”ga qarshi bahsdan avval matbuot anjumanida ishtirok etdi. Mutaxassis so‘nggi o‘yinlarda ko‘plab tanqidlarga uchrayotgan Tchuameni va boshqa bir nechta futbolchilar haqida o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi. 
 
“Orelen markaziy himoyachi sifatida yaxshi harakat qilganiga mening ishonchim komil. Biroq, bu uning haqiqiy pozitsiyasi emasligini ham unutmasligimiz kerak. Albatta, David Alaba safimizga qaytgach, Tchuameni yarim himoyaga qaytadi. 
 
Mbappening jamoaga ko‘nikishi va o‘z jismoniy holatini to‘liq tiklab olishiga biroz vaqt kerak bo‘ldi. Hozirda u juda yaxshi sport formasiga kirib bormoqda, tez kunda bundanda yaxshilanadi. 
  
Qishki transferlar oynasida yangi futbolchilar klubga jalb qilinadimi? Biz so‘nggi kunlarda rejalarni deyarli o‘zgartirmadik. Bu masala bo‘yicha rahbariyat bilan jamoani yanada raqobatbardosh qilish uchun nimalar qilish kerakligini esa muhokama qildik. Bu mavzuni bu erda gapirish noto‘g‘ri deb o‘ylayman. 

Shuni ham ta’kidlashim kerak, nimadirni o‘zgartirsam ham, ertangi bellashuvda eng kuchli tarkib maydonga chiqadi” – dedi italiyalik bosh murabbiy. 
 
Eslatib o‘tamiz, "qirollik klubi" Ispaniya Kubogi doirasida "Celta Vigo"ga qarshi kuch sinashadi. Mazkur to‘qnashuv 16 yanvar kuni Toshkent vaqti bilan 01:30 da start olishi rejalashtirilgan.

Tecno

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!