Anchelotti "Real"da qolmoqchiligini ma’lum qilgach, Braziliya terma jamoasi murabbiyligiga boshqa nomzod paydo bo‘ldi

  • 26 fevral, 2023, 09:10
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Ispaniya terma jamoasining sobiq bosh murabbiyi Luis Enrike Braziliya terma jamoasini boshqarishga yaqin turibdi.

Tecno

Braziliya terma jamoasi Qatardagi jahon chempionatida Xorvatiyadan uchralgan mag‘lubiyatdan so‘ng Tite jamoa boshqaruvida qolmasligi ma’lum bo‘lgandi. Ayni damda Braziliya futbol konfederatsiyasi yangi doimiy nomzodni qidirishda davom etmoqda. Asosiy nomzod - Karlo Anchelotti, u kelasi mavsum oxirigacha "Real"da qolish istagini ochiq aytdi.

"Fichajes" nashrining so‘zlariga ko‘ra, agar italiyalik o‘z fikridan qaytmasa, bu lavozimga yangi asosiy da’vogar Ispaniya terma jamoasidan ketganidan keyin ishsiz qolgan Luis Enrike bo‘ladi.

Eslatib o‘tamiz, hozirda "pentakampeonlar"ni vaqtinchalik murabbiy sifatida Ramon Menezes boshqarmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!