Anchelotti: “Real” ishini tugatdi

  • 25 avgust, 2023, 16:06
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

“Real” bosh murabbiyi Karlo Anchelotti yozgi transferlar davrining qolgan qismida klub yangi o‘yinchilarni sotib olmasligini ma’lum qildi.

Tecno

Tajribali italiyalik murabbiy uning jamoasi tarkibi to‘liq shakllantirilganini ta’kidladi.

- Boshqa futbolchi olishning hojati yo‘q. Bu yuz foiz. Biz transfer bozoridagi ishlarimizni yakunladik. “Real”ga yangi o‘yinchi kelmaydi. Tarkib shakllangan, - dedi Karlo Anchelotti.

Yozda madridliklar “Borussiya Dortmund”dan angliyalik Jud Bellingem, “Fenerbahche”dan turkiyalik Arda Gyuler, “Rayo Vplekanodan ispaniyalik Fran Garsiyani sotib oldi va “Chelsi”dan ispan darvozaboni Kepa Arrisabalagani ijaraga oldi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Paxtakor muhlisi
25/08/2023 17:48
Браим Диас ва Хоселу янги футболчилар эмасми?