Anchelotti o‘zini hayratga solgan “Real”ning uch futbolchisi nomini aytdi

  • 17 may, 2024, 19:25
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Karlo Anchelotti bir yillik tanaffusdan so‘ng yana chempionlik unvonini “Real”ga qaytardi.

Tecno

Italiyalik mutaxassis muvaffaqiyatli o‘tgan mavsumda o‘zini hayratga solgan uch nafar futbolchi borligini ma’lum qildi.

Bosh murabbiy ishonchini oqlagan o‘yinchilarning bari o‘tgan yoz transfer qilinganlar bo‘lib chiqdi.

- Mavsumda meni hayratga solgan o‘yinchilar kimlar?  Men avval o‘zim yaqindan tanimagan ijrochilarni tilga olishni istayman. Bular Braim Dios, Fran Garsiya va Xoselu, - dedi Karlo Anchelotti.

Braim Dias “Real”ga 2019 yili kelgan va bungacha uch mavsum ijara asosida “Milan” sharafini himoya qilgandi. Fran 2021 yildan “Rayo Valekano”da o‘ynab kelayotgan edi. Madridliklar uni o‘tgan yozda qayta sotib oldi.

Xoselu ham 2011-2012 yilshgi mavsumda “Real” futbolchisi bo‘lgan va jamoaga 11 yildan keyin qaytarildi. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!