
Anchelotti o‘zi shug‘ullantirgan eng kuchli futbolchilarni aytdi
"Real Madrid" bosh murabbiyi Karlo Anchelotti faoliyati davomida o‘z qo‘l ostida shug‘ullantirgan 5 ta eng kuchli futbolchilar ismini aytdi.
"Mening murabbiylik faoliyatimdagi eng yaxshi futbolchilarim Ronaldo, Ibrohimovich, Ronaldu, Vinisius va Benzema", - deb italiyalik mutaxassisning so‘zlarini keltirdi "Give Me Sport" portali.
Eslatib o‘tamiz, Anchelotti 2021 yildan beri Madridning "Real" jamoasining bosh murabbiyi bo‘lib ishlamoqda. Uning ish shartnomasi 2026 yilning iyun oyida yakunlanadi.
Ispaniya chempionatining 20-turidan so‘ng "Real" 46 ochko to‘plab, turnir jadvalida birinchi o‘rinni egallamoqda.
Fikrlar