Anchelotti faoliyatini qachon va qaerda yakunlashini aniq aytdi

  • 30 may, 2024, 21:48
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Real”ni yana chempionlik shohsupasiga ko‘targan Karlo Anchelotti faoliyatini yakunlash bo‘yicha aniq rejasi borligini bildirdi.

Tecno

Madrid Xtra nashrining yozishicha, “Real” italiyalik mutaxassisning oxirgi jamoasi bo‘ladi.

“Real” bilan shartnomasi yakunlanganidan keyin 64 yoshli mutaxassis murabbiylik faoliyatiga nuqta qo‘yadi. Kelajakda u biror klub yoki terma jamoani boshqarmoqchi emas.

“Qirollik klubi” yaqinda Karlo Anchelotti bilan shartnomani 2026 yilning yarmigacha uzaytirgan edi. Shu muddat yakunlanishi bilan tajribali murabbiy pensiyaga chiqishni istamoqda.

Karlo Anchelotti kuchli beshlik chempionatlarining barchasida muvaffaqiyatli ishlab, nufuzli sovrinlarni qo‘lga kiritgan kam sonli murabbiylardan hisoblanadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!