
Anchelotti bir o‘yinchidan “Real”da qolishni so‘radi
“Real”ni Ispaniya chempionati g‘olibiga aylantirgan Karlo Anchelotti kelasi mavsum uchun tarkib tuzish bo‘yicha bosh qotiryapti.
Marca nashrining yozishicha, italiyalik mutaxassis jamoa himoyachisi Ferlan Mendidan “Real”ni tark etmaslikni so‘ragan.
Bosh murabbiy talabi bilan klub rahbariyati frantsiyalik futbolchi bilan shartnomani yangilash bo‘yicha muzokara boshladi.
28 yoshli himoyachining amaldagi kelishuv kelasi yili tugaydi. Klub mutasaddilari yozda uni sotib yuborishga tayyor edi. Biroq Anchelottining aralashuvidan keyin Mendi bo‘yicha klub siyosati o‘zgardi.
Fikrlar