
Ana xolos! Polsha terma jamoasining 8 nafar futbolchisi cho‘chqa grippini yuqtirib olgan bo‘lishi mumkin
Polsha terma jamoasi Evro-2020 saralashining 2-turidan o‘rin olgan Latviyaga qarshi bahs oldidan tarkibda jiddiy yo‘qotishlarga uchradi.
Polshaliklar ustozi Eji Bjenchekning so‘zlariga ko‘ra qo‘l ostidagi 8 nafar futbolchi grippga chalingan. Jumladan, Arkadiush Milik va Kshishtof Pyontek kabi etakchilar ham.
Italiya nashrlari ushbu futbolchilar (H1N1 virusi) cho‘chqa gripiga chalingan bo‘lishi mumkinligini aytishmoqda. Chunki, bundan avvalroq Milikning “Napoli”dagi jamoadoshi Fabin Ruisda aynan mana shu kasallik aniqlangan edi.
Fikrlar