
Ana xolos! Pike "Yuventus" yulduzini yo‘ldan urgani ma’lum bo‘ldi
"Yuventus" futbolchisi Matteys de Ligt 2019 yilda "Barselona"ga transferi barbod bo‘lganligi haqida gapirdi.
Niderlandiya terma jamoasi himoyachisi kataloniyaliklar safiga o‘tishni niyat qilgan. Ammo "ko‘k-anorranglilar" etakchisi Jerar Pike bilan suhbatlashganidan keyin fikrini o‘zgartirgan.
"Diario Sport" nashri tarqatgan xabarga ko‘ra, futbolchilar ta’til paytida gaplashgan. Pike Matteysga "Barselona" libosida etarlicha o‘yin amaliyotiga ega bo‘lmasligini aytgan. Bu 20 yoshli futbolchining qaroriga ta’sir ko‘rsatgan.
Ispaniyalik futbolchi buni inkor etmoqda, ammo de Ligt va uning agenti Mino Rayola qarshi fikr bildiryapti.
Fikrlar