
Ana xolos! O‘zbekistonlik og‘ir vazn toifasidagi bokschi hamda Mayk Tayson o‘rtasida xayriya jangi tashkil qilinadimi?
Rossiya boks federatsiyasi rahbari Umar Kremlyov Mayk Tayson va Oleg Maskaev o‘rtasidagi xayriya jangini tashkil etishga tayyorligini bildirdi.
"Men xayriya va bolalarga yordam berish uchun ushbu ishni mamnuniyat bilan amalga oshiraman. Agar, tushgan mablag‘ shu tarzda sarf qilinsa, biz ushbu jangni tashkil qilishga tayyormiz. Bu yosh avlod manfaati uchun faxriylar jangi bo‘lar edi. Men ushbu g‘oyani ma’qullayman va uni to‘liq qo‘llab-quvvatlashga tayyorman”,-dedi Kremlyov.
51 yoshli Maskaev “SE”ga bergan intervyusida ringga qaytishga tayyorligini aytgan edi. O‘z o‘rnida 53 yoshli Mayk Tayson ham bir nechta ko‘rgazma janglarini o‘tkazish niyatini bildirgandi.
Eslatib o‘tamiz. Oleg Maskaev asli Qozog‘istonda tug‘ilgan bo‘lsada, O‘zbekistonda xarbiy xizmatni o‘tash asnosida, yurtimiz nomidan xalqaro arenalarda ringga ko‘tariladi. U havaskor boksda +91 kgda 1994 yil Osiyo o‘yinlari g‘olibi, 1995 yil Jahon Kubogi sovrindori bo‘lgan. Keyinchalik Rossiya fuqoroligini qabul qilgan Maskaev og‘ir vazn toifasida WBC yo‘nalishining (2006-2008) sobiq chempioni hisoblanadi.
Manba: Cport ekspress
Fikrlar