
Ana xolos! O‘tgan oy "Fiorentina" bosh murabbiyi bo‘lgan Gattuzo jamoadan ketdi
Italiyalik mutaxassis Jennaro Gattuzo "Fiorentina" bosh murabbiyligidan ketdi.
Florentsiyaliklar 43 yoshli murabbiy bilan o‘zaro kelishgan holda shartnomani bekor qilishgan. Bu haqda klub rasmiy sayti xabar bermoqda.
Oldinroq yozgi transferlar borasida tomonlar o‘rtasida kelishmovchiliklar yuzaga kelgani xabar qilingan edi.
Gattuzo "Fiorentina" bosh murabbiyligiga joriy yilning 25 may tayinlangan edi. Hozircha uning o‘rnini kim egallashi noma’lum.
Fikrlar