Ana xolos: Messiga butilka otishdi

  • 5 sentabr, 2023, 10:33
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

AQSh chempionatining navbatdagi turida Lionel Messi o‘ynayotgan “Inter Mayami” jamoasi safar bahsida “Los-Anjeles” futbolchilarini 3:1 hisobida enggan edi.

Tecno

Los-anjelesliklarning o‘z uyidagi ilk mag‘lubiyati muxlislarga og‘ir botgan ko‘rinadi. Daily Mail nashrining xabar berishicha, fanatlardan biri o‘yindan keyin uchrashuv qahramonlaridan bo‘lgan Lionel Messiga butilka otgan.

Manbaning ta’kidlashicha, argentinalik yulduz tansoqchilari himoyasida maydonni tark etayotgan bo‘lgan. O‘sha pallada tribunadan suv to‘ldirilgan idishni unga qarata uloqtirishgan. Messining baxtiga fanat mo‘ljalni aniq ololmagan.

Lionel Messi “Inter Mayami”ga ko‘chib o‘tganidan keyin bu jamoani mag‘lubiyatga uchratib bo‘lmayapti. Amaldagi jahon chempioni 11 ta uchrashuvda 11 ta gol va uchta assist qayd etdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!