Ana xolos! “Ferrari”da ichki nizolar boshlandi

  • 24 iyun, 2024, 13:34
  • Ali Ahmadxo’jayev
  • 0
  • Avto/Moto
CHERY AUTO

Sayns birinchi aylanada Leklerdan tajovuzkorlik bilan o‘tib ketdi. Takroriy lavhalar shuni ko‘rsatdiki, Karlos Leklerga etarlicha joy bermagan, natijada kichik to‘qnashuv paydo bo‘lgan. Poygadan so‘ng Lekler sherigining harakatlaridan juda norozi bo‘lib, shinalarni ehtiyot qilishni oldindan kelishib olganliklarini aytdi.

Tecno

"Poyga boshida ikkalamiz ham aniq maqsadni qo‘ygan edik - shinalarni tejash va keyin hujum qilish", - dedi Lekler. "Karlos 14-aylanada shinalarni tejamadi va albatta 1-qayrilishda mendan o‘zib ketish imkoniyatiga ega bo‘ldi, bu meni jahlimni chiqardi, chunki Karlos rejaga amal qilmadi".

Karlosning harakatlari tufayli men oldi qanotimni shikastladim va bu men uchun poygani qiyinlashtirdi", - deya qo‘shimcha qildi 16-raqamli pilot. “Men uning harakatlarini tushunmadim, chunki poygadan oldin strategiya qanaqa ekanligi aniq aytilgan edi, ammo bu uning uy poygasi, bundan tashqari, uning kelajakdagi karerasi uchun qiyin vaziyat, shuning uchun u o‘zini ko‘rsatishni xohlagandir, lekin men u bilan bunday kurashish kerak bo‘lgan odam emasman.”

Karlos Sayns Leklerning gaplariga norozilik bildirdi.

"U tez-tez poygadan keyin  mayda narsalarga shikoyat qiladi. Bizda yangi shinalar bor edi, “Mersedes” esa allaqachon ishlatilgan komplektlarda harakatlanayotgan edi, shuning uchun biz birinchi aylanalarda hujumga o‘tishimiz kerak edi. Men Sharldan o‘tib ketdim, chunki ... u xato qildimi yoki juda ko‘p shinalarni tejaydimi, bilmayman. Va keyin men Lyuisni deyarli etib oldim va pit-stopda Rasseldan deyarli o‘zib ketdim. Men faqat qilishim kerak bo‘lgan narsani qildim, men poygachiman. Va u ko‘proq shinalarni tejashga qaror qildi va oxir-oqibat o‘zini oqladi: u ikkita yumshoq to‘plamdan foydalangan holda muqobil strategiya tufayli meni mag‘lub etdi.

Menga kelsak, aksincha, birinchi davralarda hujum qildim va shinani tejamadim, shu tufayli oxirgi segmentni qattiq komplektli shinalarda o‘tkazdim va bu o‘zini oqlamadi. Jorj bilan ham shunday bo‘ldi, biz qattiq shinalarda sekin yurganimizda, yumshoq shinalardagi yigitlar bizdan shunchaki o‘tib ketishdi, tamom”,- dedi ispaniyalik poygachi Sky Sport nashriga.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!