Ana xolos: Fayzullaevga “top-5” ligalariga bormaslik tavsiya qilindi!

  • 16 dekabr, 2024, 23:40
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 3
  • Futbol
CHERY AUTO

Abbosbek Fayzullaevga “Monako” va “Real Sosedad” kabi klublardan jiddiy qiziqish bo‘layotgani ortidan TsSKA o‘z legioneriga yangi shartnoma berishga qaror qildi. Aksariyat futbol mutaxassislari 21 yoshli hujumuor futboli Evropaning kuchli ligalariga bo‘layotgan chorlovlarga o‘ylanib o‘tirmay, transferga rozi bo‘lish kerakligini ta’kidlamoqda.

Tecno

Biroq TsSKA va Rossiya terma jamoasi sobiq futbolchisi Dmitriy Xamuxa bu fikrlarga qo‘shilgani yo‘q. U Abbosbek Fayzullaev kuchli beshlik ligalariga o‘tmagani ma’qul, deb hisoblamoqda.

Sports.uz portali Dmitriy Xamuxaning rossiyalik jurnalistlarga TsSKA va xususan Abbosyuek Fayzullaev haqidagi intervyusini o‘zbekistonlik futbol ishqibozlari e’tiboriga havola qiladi.

- TsSKAning qaysi chizig‘i eng nozik?

- Sovrindorlar qatoriga kirish yo‘lida kurashish uchun “armiyachilar”ga ko‘p gol ura oladigan, vaziyatlardan foydalanish samaradorligi yuqori bo‘lgan markaziy hujumchi kerak.

- Tamerlan Musaev mavsumning birinchi qismida 7 ta gol urdiku. Bu kammi?

- Musaev o‘zida borini maksimal darajada chiqib chiqaryapti. Lekin oldinga qo‘yilgan maqsadlarni inobatga olish kerak...

- Bu vazifalar uchun to‘g‘ri kelmaydimi?

- Har qanday holatda ham Musaev rotatsiya futbolchisi bo‘lib qolraveradi.

- Fyodor Chalov yuqori darajaga chiqqan davrida undan kuchli bo‘lganmi?

- Ha shunday bo‘lgan. Chalovning samaradorligi va ko‘rsatkichlari Musaevnikidan ancha yuqori edi. Qolgan “armiyachilar”ni gapirmasa ham bo‘ladi.

-  Guarirapa va Koytani olib, TsSKA adashdimi?

- Nima deyish mumkin?... Koyta avval boshdan tavakkal transfer edi.

- Nega?

- Bu futbolchi uzoq vaqt jarohatda bo‘lgan, o‘yin amaliyoti yo‘q edi. TsSKA uni olib, xatoga yo‘l qo‘yishi ehtimoli katta bo‘lgan. Uning transferi bo‘yicha nega mana shu qaror qabul qilinganini hali ham tushunmayman.

- Pyanich haqida nima deysiz? Bahorda TsSKAga yordam bera oladimi?

- Pyanich jamoaning etakchisi o‘yinchilaridan biriga aylana oladi, deb o‘ylamayman. Chunki ligamiz juda murakkab. Kurash ko‘p, harakat ko‘p, Miralem bu borada eng zo‘ri emas.

- Tezligi pastmi?

-  Ha. Bundan tashqari, maydonda har doim ortga chekinib, himoyachilarga yaqin o‘ynayapti. U chiziqlar orasida o‘ziga joy topishi, hujumlarni tashkil etish bilan shug‘ullanishi kerak. Ammo Miralem o‘z o‘yin uslubi bilan hujumlarni ushlab qolyapti.

- Abbosbek Fayzullaevdan ko‘proq narsa kutganmidingiz?

- U juda katta yuklama ostida qolib ketdi. Yozda Olimpiya o‘yinlarida ishtirok etdi, keyin Rossiya Premer-ligasiga qo‘shildi. “Armiyachilar” bilan birga mavsumlar oralig‘idagi yig‘inni o‘tamadi, hisob.

Bu omillarning barchasi uning yanada samarali o‘ynashiga ta’sir o‘tkazmay qolmadi. Lekin undan taxminan shu darajadagi o‘yinni kutgandim.

- O‘z salohiyatiga ko‘ra, Abbosbek Evropaning jiddiy chempionatlari darajasidagi o‘yinchimi?

- Fayzullaev Evropaning “top-5” chempionatlariga to‘liq mos keladigan o‘yinchi emas. Qolgan har qanday boshqa ligalarda Abbosdek futbolchiga talab yuqori.

- Masalan, Niderlandiyada o‘ynab keta oladimi?

- Ha, Niderlandiya va Turkiya kabi mamlakatlar ligalarida u juda ko‘p jamoalar uchun foydali o‘yinchiga aylana oladi.

- Ispaniya, Italiyada Fayzullaev o‘ynay olmaydimi?

- Bu mamlakat chempionatlari o‘yin saviyasi, darajasi, intensivligi o‘ta yuqori. Abbosbek esa, juda yuqori  jismoniy ko‘rsatkichlarga ega emas. Bu uning ustun tomoni emas. Uning o‘yin uslubi ko‘proq Niderlandiya va Belgiya kabi chempionatlarga juda mas tushadi. Mana shu kabi chempionatlar u o‘z salohiyatini yuz foiz ko‘rsata oladi.

Eslatib o‘tamiz, Abbosbek Fayzullaev “Paxtakor”dan TsSKAga 2023 yilning avgustida 500 ming evro evaziga ko‘chib o‘tgan. Bugungi kunda hujumkor futbolchimizning transferi summasi 8 million evroga ko‘tarildi.

Kim tezkor: Shomurodov yoki Dibala? (foto)

Eldorni nimalar kutmoqda? Shomurodovga oid so‘nggi yangiliklar

Fayzullaev, Ispaniyani tanla!

Katta pul kerak: Husanov “Lans”ni qutqaradimi?

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
⚽️FANAT M-YU⚽️
16/12/2024 12:01
Men shuni eksprt sifatida aytamanki bu inson (Дмитрий Хамуха) futbolni tushunmas ekan
&
Футболчи
16/12/2024 10:19
Тугри таклиф. Канчалик огир бумасин, бу мутахассис ростини этибди. Файзуллаев яхши техникаси бор, яхши уйинчи, лекин, бу техника билан Италия, Испания, Англия чемпионатларида уйнаш кийин, бир маромда, 90 минут харакатда була оладиган техника эмас.
&
998913335306
14/12/2024 14:31
Аббос учун тугри фикр берибди. Шомага ухшаб йўқолиб қолмаслиги учун яхши хулоса булибди. Агарки буни Аббос тугри тушунса
.