
Ana xolos! Buffon yana "Yuventus"ga qaytishi mumkin
Italiyalik afsonaviy darvozabon Janluiji Buffon yana "Yuventus"ga qaytishi mumkin.
GianlucaDiMarzio.com tarqatgan xabarga ko‘ra 41 yoshli posbon turinliklar safiga qaytib, asosiy darvozabon Voytsex Щesniga o‘rinbosar bo‘lishga tayyor. Shu tariqa jamoaning ikkinchi raqamli darvozaboni Mattia Perin tez orada jamoani tark etishi mumkin.
Ma’lumot uchun, Buffon “Yuventus” safida 2001-2018 yillarda to‘p surgan. U so‘nggi mavsumni PSJda o‘tkazdi va 25ta o‘yinda 25ta gol o‘tkazib yubordi.
Fikrlar