Ana xolos: Bellingem “Real”dan ketadigan bo‘lyapti

  • 15 oktabr, 06:18
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Real”ning eng asosiy o‘yinchilaridan Jud Bellingem kelajagi haqida muhim va jiddiy qaror qabul qilishiga to‘g‘ri kelmoqda. Angliyalik futbolchi o‘z yurtiga qaytib ketish haqida bosh qotira boshladi.

Tecno

Gap shundaki, Xabi Alonso 22 yoshli yarim himoyachini to‘rtta uchrashuvdan faqat bittasida boshlang‘ich tarkibda maydonga tushirdi. Bu holat Bellingemning xalqaro karerasiga ta’sir qildi.

Angliya milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Tomas Tuxel etarli darajada o‘yin amaliyotiga ega bo‘lmagan Judni oktyabr oyidagi yig‘in va o‘yinlarga chaqirgani yo‘q. Germaniyalik mutaxassis terma jamoaga nomzodlardan o‘z klublarida  muntazam maydonda ter to‘kishni talab qilmoqda.

Ekspertlar Jud Bellingem “Real”ning yangi bosh murabbiyi Xabi Alonso qo‘llayotgan o‘yin sxemalariga mos kelamayotganini ta’kidlamoqda. Futbolchining o‘zi ham klub rahbariyatiga ispan murabbiyining boshqaruv uslubi yoqmayotganini ma’lum qilgan.

Football Insider nashrining yozishicha, bu masala Bellingemning Angliya Premer-ligasi klublaridan biriga ijaraga ketishi bilan yakunlanishi mumkin. Har holda Jud darajasidagi futbolchi Madriddan ketadigan bo‘lsa, grand klublarning e’tiboridan chetda qolmasligi hozirdan aniq.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!