Ana xolos! "Atletiko" La Ligaga arz qildi. Grizmann transferi bekor qilinishi mumkin

  • 25 iyul, 2019, 00:17
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

Madridning "Atletiko" klubidan Antuan Grizmann "Barselona" klubiga transfer qilingan edi.

Tecno

"Atletiko" La Ligadan ushbu transferni bekor qilishni so‘rab, murojaat qildi, - deb xabar bermoqda "Reuters"

Kataloniyaliklar futbolchi uchun 120 mln evro to‘lashdi. Madrid klubi bu mablag‘ni etarli emas deb baxolamoqda. 1 iyul kuni forvardning transfer narxi 200 mln evrodan 120 mln evroga tushirilgan edi. "Atletiko" klubining ma’lum qilishicha, frantsiyalik futbolchi 14 may kuni jamoani tark etishini oshkor qilgan. Bundan kelib chiqib, futbolchi va "Barselona" oldindan kelishib olishgan.

La Liga prezidenti Xaver Tebas so‘zlariga ko‘ra, Grizmanning "ko‘k-anorranglilar"ga qilingan transferi bekor qilinishi mumkin.

"Atletiko" shikoyat arizasi bilan murojaat qildi va Grizmanning transferi borasida shubxa uyg‘otdi. Bu borada allaqachon ish olib borilmoqda. Ammo bu ish bilan shug‘ullanadigan insonlar bor va yakuniy qarorni ular qabul qilishadi. Futbolchining transferi bekor qilinishi mumkinligi xaqiqat. La Liga vaziyatni tartibga solishga majbur," - dedi Xaver Tebas.

Eslatib o‘tamiz, frantsuz "Barsa" tarkibida "Chelsi"ga(1:2) qarshi o‘rtoqlik o‘yinida debyut qilishga ham ulgurdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Gulmurod Tuxtashev
25/07/2019 08:19
Гризман ва Бейл масаласи хар кун хар хил кўринишда интернет сайтларини зериктирвордида.