
Ana holos! Stadionga bormoqchi bo‘lgani uchun hibsga olingan eronlik futbol muxlisasi o‘zini o‘zi yoqib yubordi
Eronlik futbol muxlisasi Saxar Xodayari o‘zini o‘zi yoqib yuborganidan so‘ng, kasalxonada vafot etdi.
Tehronda Xodayari erkak kishi niqobida stadionga tashrif buyurmoqchi bo‘lgan, ammo qo‘lga tushib qolgan.
Sud jarayoni keyinroqqa qoldirilgan. Ta’kidlanishicha, u 6 oydan 2 yilgacha qamoq jazosi hukmi o‘qilishini eshitib qolgan.
Sud zalidan chiqib, darhol o‘zini yoqib yuborgan. Bir necha kundan keyin, Xodayari kasalxonada vafot etdi. U mart oyida "Istiqlol" uchrashuviga yo‘l olmoqchi bo‘lganida hibsga olingan.
Ma’lumot uchun, 1981 yildan beri Eronda ayollar uchun sport musobaqalariga tashrif buyurish taqiqlangan. Ushbu taqiq JCh-2018 stadionlaridagi translyatsiyalar paytida vaqtincha olib tashlandi.
Fikrlar
Менимча мусулмон олами хам бу конуни ёкламаса керак.
Халкаро майдонларда куряпмиз-ку эронлик мухлисаларни.