"An-Nasr" futbolchisi: "Ronaldu kelganidan keyin o‘yinlarda g‘alaba qozonishimiz qiyin bo‘lyapti"

  • 5 fevral, 2023, 06:42
  • Javokhir Azimov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Saudiya Arabistoni chempionati 16-turidan o‘rin olgan "Al-Fotih" - "An-Nasr" uchrashuvida tomonlar 2:2 hisobidagi durangga imzo chekdi.

Tecno

Mehmonlar yarim himoyachisi Luis Gustavo o‘yindan keyin o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi: "Barchasi kutilganidek, Krishtianu kelganidan so‘ng hamma bahsda yutish ancha qiyin bo‘lyapti, chunki raqiblar unga qarshi 200 foiz tayyorgarlik ko‘radi.

Afsonaviy Ronaldu gol urganidan keyin bosim o‘z-o‘zidan yo‘qoladi",-deydi Gustavo.

Ma’lumot uchun, 37 yoshli hujumchi Saudiya chempionatidagi dastlabki to‘pini penaltidan kiritdi. E’tiborlisi, ushbu jarima zarbasini Jaloliddin Masharipov ishlagandi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!