
Amorim MYuning yaqin kelajakdagi maqsadlari haqida gapirdi
"Manchester Yunayted"ni boshqarayotgan portugaliyalik murabbiy Ruben Amorim "qizil iblislar"ning kelajakdagi maqsadlari haqida so‘z yuritdi.
- Klubning yaqin yillar uchun jiddiy maqsadi mavjud. Biz chempionlik unvonini qo‘lga kiritishimiz shart. Bunga erishish uchun bosqichma-bosqich harakat qilamiz. O‘z vazifamizni bajarib, o‘yinlarda g‘alaba qozonamiz, - deya mutaxassis so‘zlarini keltirdi mankunianliklar klubi matbuot xizmati.
APLning yangi mavsumidagi dastlabki o‘yinda "qizil iblislar" o‘z maydonida "Arsenal"ga qarshi bahs olib bordi. Unda Amorim shogirdlari minimal hisobdagi mag‘lubiyatga uchradi - 0:1. Turnirning ikkinchi turi doirasida manchesterliklar "Fulxem" bilan to‘qnash keladi.
Fikrlar