
Amorim: "Men “Manchester Yunayted”ni qanday qilib "tuzatishni" bilaman"
Angliya Premer-ligasining 16-o‘rinda borayotgan "Manchester Yunayted" bosh murabbiyi Ruben Amorim jamoa vaziyatiga baho berdi:
– Men har bir paytda klub rahbariyati, barcha bilan, hatto muxlislar bilan ham muloqotdaman. Menda aniq his bor: bu jamoaga nimalar kerakligini bilaman va bu menga ruhan cho‘kmaslikka yordam beradi.
25 ta o‘yinda atigi 6 ta g‘alaba qozonganimizdan hayolimga boshqa so‘z kelmayapti – menga uyalish tuyg‘usi yaqin. Demak, biz futbol o‘ynashda biror narsani noto‘g‘ri qilayapmiz. Va bu faqat taktika yo texnika emas. Bu raqibga qanday qarshi kurashayotganimiz, mag‘lubiyatdan qanchalik ranjiyotganimiz, darvozamizni qanday himoya qilayotganimizga ham bog‘liq.
Bu erda maydonda emas, uning tashqarisida ham ishlash kerak bo‘lgan jihatlar bor. Biz oxirigacha kurashishimiz kerak. Mag‘lubiyat – bu oddiy holat emas. Durrang – bu ham odatiy bo‘lmasligi kerak. Turnir jadvalida ko‘tarilishimizdan qat’i nazar, bu ishonch bilan emas, ishtiyoq bilan bog‘liq. Biz "Manchester Yunayted"miz va hech kimdan yomonroq bo‘lishni istamaymiz.
Bunday o‘rinda bo‘lish – qabul qilib bo‘lmaydigan holat. Menimcha, bu ishonchsizlik emas, balki ancha chuqur muammo, – deya o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi portugaliyalik mutaxassis.
Fikrlar