
Amorim Maguayr qolishini istayapti
"Manchester Yunayted" markaziy himoyachisi Xarri Maguayrning kelajagi haqida ma’lumot paydo bo‘ldi.
Manchester United Forever xabariga ko‘ra, klub yaqin haftalarda Maguayr bilan shartnomani uzaytirish opsiyasini faollashtiradi. Ushbu qaror bosh murabbiy Ruben Amorim bilan birgalikda qabul qilingan.
Eslatib o‘tamiz, 31 yoshli himoyachi 2019 yildan beri "Manchester Yunayted"da o‘ynab kelmoqda. Joriy mavsumda ingliz futbolchisi barcha turnirlarni inobatga olganda 13 ta o‘yinda maydonga tushib, bir marta gol urgan.
Maguayrning "Qizil iblislar" bilan amaldagi shartnomasi 2025 yil yoziga qadar mo‘ljallangan. Transfermarkt portali futbolchining qiymatini 15 million evroga baholagan.
Fikrlar