
AQShlik engil atletikachi doping testini topshirmagani uchun diskvalifikatsiya qilindi
Amerikalik engil atletikachi va "Rio-2016" ishtirokchisi Diaja Stivens doping-testlarni sababsiz o‘tkazib yuborgani uchun 18 oy muddatga diskvalifikatsiya qilindi.
Endi sportchi Tokioda bo‘lib o‘tadigan Olimpiya o‘yinlarida ishtirok etolmaydi.
Stivensning diskvalifikatsiya muddati 2021 yil avgust oyida, Tokio Olimpiya o‘yinlari yakunidan bir necha kun o‘tib tugaydi.
Fikrlar