
Allegri ikki futbolchiga chiqish eshiklarini ko‘rsatdi
"Yuventus" ikki yarim himoyachi bilan xayrlashmoqchi.
"Calciomercato" nashrining xabariga ko‘ra, "keksa senoralar" bosh murabbiyi Massimiliano Allegri Adrien Rabo va Aaron Remsiga chiqish eshiklarini ko‘rsatdi. Ikkisi ham yanvarda jamoa bilan xayrlashadi.
Ma’lumotlarga qaraganda, yarim himoyachilarni "Nyukasl" o‘z safiga qo‘shib olishga tayyor. "Qarg‘alar" bu ikki transferlar uchun 30 million evro sarflashga tayyor.
Agar ular klubni tark etsa, turinliklar sezilarli darajada maoshlarni tejashga erishadi. Remsi A Seriyaning eng ko‘p maosh oladigan futbolchilaridan sanaladi.
Fikrlar